Kir yuvish mashinasida qisilib qolgan bola qutqarildi

Kir yuvish mashinasida qisilib qolgan bola qutqarildi
Foto: FVB
Kecha, 6 yanvar kuni soat 18:40 da Jizzax viloyati Jizzax shahri, Ittifoq mahallasidagi koʻp qavatli uylarning birida bolakay ehtiyotsizlik oqibatida kir yuvish mashinasining quritish qismida qisilib qolganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Zudlik bilan FVB qutqaruvchilari aytilgan manzilga etib borib, qutqaruv anjomlari yordamida bolakay sogʻ-salomat chiqarib olinib, ota-onasiga topshirilgan.

\"Hozirda uning ahvoli yaxshi\", deyiladi xabarda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.