Samarqandlik oʻquvchi mashina haydab odam oʻlimiga sababchi boʻldi

Samarqandlik oʻquvchi mashina haydab odam oʻlimiga sababchi boʻldi
Foto: Videodan kadr
Samarqand shahrida voyaga etmagan bola mashina boshqarib inson umriga zomin boʻldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahridagi 5-maktabning 10-sinf oʻquvchisi uyda turgan mashinani oʻzboshimchalik bilan minib chiqib piyodani urib yuborgan.

Hodisa shaharning Sadriddin Ayniy koʻchasida sodir boʻlgan. Oqibatda piyoda ogʻir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.