Diplomi Oʻzbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari

Diplomi Oʻzbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida yuqori mingtalikka kirgan oliy ta'lim muassasalari roʻyxatini tasdiqladi.

Roʻyxatga 3 mingdan ortiq oliygoh kiritilgan boʻlib, ularni tamomlagan talabalarning diplomi Oʻzbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

Roʻyxat har yili yangilanib turadi. 2024 yilda unga 1002 ta oliygoh kiritilgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.