Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qizaloq tug‘ildi (video)

Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qizaloq tug‘ildi (video)
Toshkent viloyatida yana 7 kilodan ziyod bo‘lgan chaqaloq tug‘ildi, deb xabar bermoqda SSV axborot xizmati.

Unga ko‘ra, Yangiyo‘l shahar tumanlararo perinatal markazida vazni 7 kilogramm 3 gramm bo‘lgan qiz bola chaqaloq dunyoga keldi. Chaqaloqning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda. Qizaloq kesarcha kesish orqali tug‘dirilgan, bu ayolning to‘rtinchi farzandidir.

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda ona va bola shifokorlar nazoratida.
Toshkent viloyatida vazni 7 kilodan ziyod qizaloq tug‘ildi (video)
Foto: SSV
Bunday holat o‘tgan yilning noyabr oyida ham Nurafshonda kuzatilgan bo‘lib, salkam 7 kilolik vazndagi o‘g‘il bola chaqaloq tug‘ilgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.