Surxondaryoda mast erkak qizining "nomusi" uchun yigitni o‘ldirdi

Surxondaryoda mast erkak qizining "nomusi" uchun yigitni o‘ldirdi
Surxondaryo viloyatida mast erkak yosh yigitni pichoqlab o‘ldirdi. Hodisa mahalladagi mish-mishlar tufayli sodir bo‘lgan, deb xabar beradi Millar.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yosh yigit qizning uyiga kelgan. Bu haqdagi gap-so‘zlar mahallada tez tarqalib, 48 yoshli otasining qulog‘iga yetib borgan. U o‘zini \"sharmanda bo‘ldi\" deb hisoblab, spirtli ichimlik ichgan holda yigitning uyiga yo‘l olgan.

U yerda u yigitni chaqirib, unga baqira boshlagan va oxir-oqibat bir necha bor pichoq bilan jarohat yetkazgan. Jabrlanuvchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Sud jarayonida ayblanuvchi o‘z aybini qisman tan oldi va pushaymonligini bildirdi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha 12 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.