Turkiyadan kelgan fuqarodan qiymati 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi

Turkiyadan kelgan fuqarodan qiymati 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
Foto: Bojxona qo‘mitasi
“Toshkent-Aero” xabariga ko‘ra, Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan fuqaroning yuklari orasidan bojxona nazoratiga o‘z vaqtida taqdim etilmagan, muqovasi jigarrang teridan tayyorlangan, arab yozuvlari bitilgan 1 dona katta hajmli hamda 1 dona qizil muqovali kichik hajmdagi qadimiy kitoblar borligi aniqlandi.

Dastlabki ekspertiza xulosalariga ko‘ra, kitoblarning bugungi kundagi taxminiy qiymati 320 mln so‘mni tashkil etmoqda.

Mazkur holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.