Namanganda o‘quvchi Spark ijaraga olib YTHga uchradi

Namangan viloyatida 15 aprel kuni 8-sinfda o‘qiydigan ikki o‘quvchi Spark avtomobilini ijaraga olib, yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deb nova24.uz xabar berdi.
Hodisa soat 12:30 lar atrofida Yanginamangan tumanida sodir bo‘lgan. O‘quvchilar Telegram orqali Spark’ni 1 million so‘mga 8 soatga ijaraga olishgan. Ular so‘zlariga ko‘ra, avtomobil 120 km/soat tezlikda ketayotganda tormoz ishlamay qolgan.
Mashina beton to‘siqqa urilib, o‘quvchilar jarohat olgan holda kasalxonaga yotqizilgan. Pulni bolalardan biri otasining ishidan ruxsatsiz olgan.
Aniqlanishicha, ushbu bolalarni avvalroq YHXB xodimlari avtomobil boshqarayotgan paytda to‘xtatib, maktabda profilaktika o‘tkazgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Hodisa soat 12:30 lar atrofida Yanginamangan tumanida sodir bo‘lgan. O‘quvchilar Telegram orqali Spark’ni 1 million so‘mga 8 soatga ijaraga olishgan. Ular so‘zlariga ko‘ra, avtomobil 120 km/soat tezlikda ketayotganda tormoz ishlamay qolgan.
Mashina beton to‘siqqa urilib, o‘quvchilar jarohat olgan holda kasalxonaga yotqizilgan. Pulni bolalardan biri otasining ishidan ruxsatsiz olgan.
Aniqlanishicha, ushbu bolalarni avvalroq YHXB xodimlari avtomobil boshqarayotgan paytda to‘xtatib, maktabda profilaktika o‘tkazgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













