Toshkentda 41 ta iPhone o‘g‘irlandi

Toshkentda 41 ta iPhone o‘g‘irlandi
Toshkent shahrida bir o‘smir va uning sudlangan do‘sti tomonidan jinoyat sodir etildi, deb nova24.uz xabar berdi. Ular Chilonzor tumanidagi smartfon do‘konini o‘g‘irlab, 41 ta iPhone va boshqa aksessuarlarni olib ketishgan. Keltirilgan zarar 330 million so‘mdan oshgan.

Do‘kon egasi ertalab deraza sindirilganini va mahsulotlar yo‘qligini ko‘rib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. Tezkor harakatlar natijasida gumonlanuvchilar qo‘lga olingan. Ulardan biri voyaga yetmagan bo‘lsa, ikkinchisi ilgari uch marta sudlangan.

Gumonlanuvchilar jinoyatni oldindan rejalashtirib, do‘kon eshigini sindirishgani, seyfni o‘g‘irlab olib ketishgani va bolgarka bilan ochishgani, ichidan 41 telefon chiqqanini tan olishdi. Telefonlar sotilib, pullar bo‘lib olingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.