Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilishni o‘rganadi

Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilishni o‘rganadi
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib etish samaradorligini o‘rganadi, deb xabar berdi “Vedomosti” nashri.

Tadqiqotni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VTsIOM) amalga oshiradi.

O‘rganish nafaqat O‘zbekistonda, balki Ozarbayjon, Venesuela, Hindiston va Xitoyda ham olib boriladi. Bu maqsadlar uchun Rossiya tomonidan 34,8 million rubl (taxminan 4,9 milliard so‘m) ajratiladi.

Tadqiqot qanday shaklda o‘tkazilishini VTsIOM belgilaydi. Markaz rus tilining xorijdagi foydalanish ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, natijalarga asoslanib tavsiyalar tayyorlaydi.

Tahlil yakunida rus tilining jozibadorligini oshirish bo‘yicha ko‘rsatilgan davlatlarga tavsiyalar beriladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.