National Geographic’dan yil suratlari

National Geographic’dan yil suratlari
National Geographic’dan yil suratlari

National Geographic jurnali 2016 yilning yovvoiy tabiat manzarasini tasvirga tushuruvchi fotosuratchisini aniqladi. U fransiyalik fotosuratchi Greg Lyoker bo‘ldi. Fotograf National Geographic ekspedisiyasi bilan birga Galapagos orollariga 10 kunlik sayohat qiladigan bo‘ldi. Quyida taqdimotda munosib deb topilgan eng zo‘r fotosuratlarni tomosha qilishingiz mumkin.
National Geographic’dan yil suratlari

1. «Sardinlar» — bosh sovringa, shuningdek, «Joy» va «Harakat» yo‘nalishlari bo‘yicha birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Sardinlar delfin va baliqchi qushlarning qurboniga aylanishadi.
National Geographic’dan yil suratlari

2. «Meduzali taom». «Harakat» yo‘nalishi hakamlari tomonidan maxsus tanlangan. Fotosuratchi Skott Portelli.
National Geographic’dan yil suratlari

3. «Qarg‘a baliqchi ukkini kuzatib bormoqda». «Jonivorlar portreti» yo‘nalishi hakamlari tomonidan maxsus tanlangan. Surat Singapurda, sentyabr oyi boshida suratga tushirilgan.
National Geographic’dan yil suratlari

4. «Hayot uchun kurash». «Manzara» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin. Fotosurat Niderlandiyada tasvirga tushirilgan. Suratchi: Jeykob Kaptayn.
National Geographic’dan yil suratlari

5. «Yovvoiy muz maydon». «Manzara» yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Italiyada, qishning birinchi kunida tasvirga tushirilgan.
National Geographic’dan yil suratlari

6. «Mag‘rur ona». «Jonivorlar portreti» yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Floridaning chuchuk suvli ko‘lida tasvirga tushirilgan. Ona baliq o‘z bolalari bilan.
National Geographic’dan yil suratlari

7. «Facebook shtab-kvartirasi yonida». «Atrof-muhit muammosi» yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. San-Fransisko bo‘g‘zida suratga tushirilgan. Suratchi: Kris Makken.
National Geographic’dan yil suratlari

8. «Tupik studiyasi». «Jonivorlar portreti» yo‘nalishida uchinchi o‘rin. Yomg‘irdan panalab dam olayotgan qush Uelsning Skomer orolida tasvirga tushirilgan.
National Geographic’dan yil suratlari

9. «Plyajdagi o‘rmon yong‘ini». «Ekologik muammolar» yo‘nalishida hakamlar tomonidan maxsus tanlangan. Surat Son-Serra plyajida tasvirga tushirilgan.
National Geographic’dan yil suratlari

10. «Hayot va o‘lim». «Ekologik muammolar» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin. Oq ayiqning Shpisbergen shimolida yotgan jasadi. Ayiqning nima sababdan o‘lgani ma’lum emas.
National Geographic’dan yil suratlari

11. «Zaharlanish». «Ekologik muammolar» yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rin. Suratda ko‘z uchun ishlatiladigan kosmetik vositasi (podvodka) tarkibidagi plastiklarning kattalashtirilgan ko‘rinishi. Surat Buyuk Britaniyaning Falmut universitetida tasvirga tushirilgan.
National Geographic’dan yil suratlari

12. «Tinch okeani bo‘roni». «Manzara» yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rin. Surat 2016 yilning iyun oyida tushirilgan. Panama.
National Geographic’dan yil suratlari

13. «Amerika gullari». «Atrof-muhit muammosi» yo‘nalishi bo‘yicha hakamlar tomonidan maxsus tanlangan. Grenlandiyadagi AQSh harbiy-havo kuchlari bazasi. 1947 yil.
National Geographic’dan yil suratlari

14. «Qushlar uchishga hozirlanmoqda». «Harakat» yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rin.
National Geographic’dan yil suratlari

15. «Qorsiz, muzsiz». «Ekologik muammolar» bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ayiq Alyaskaning Barter-Aylend qirg‘og‘ida o‘tiribdi.
National Geographic’dan yil suratlari

16. «Do‘stlik farqni bilmaydi». «Jonivorlar portreti» yo‘nalishi bo‘yicha uchinchi o‘rin. Madrid, Ispaniya.
National Geographic’dan yil suratlari

17. «Harakat» yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi o‘rin. Tabiat ofati Koloradoning Rey shahriga yaqinlashmoqda.
National Geographic’dan yil suratlari

18. «Jonivorlar portreti» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin. Maxarashtra shtati, Hindiston.
National Geographic’dan yil suratlari

19. «Quvnoq yashil meteor». «Manzara» yo‘nalishi bo‘yicha hakamlar tomonidan maxsus tanlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.