Tramp mashhur aktyorni o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi... Kimni?

Tramp mashhur aktyorni o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi... Kimni?
Tramp mashhur aktyorni o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi... Kimni?

AQShning yangi prezidenti etib saylangan Donald Tramp Gollivudning mashhur aktyori Silvestr Stalloneni o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi. Bu haqda \"Kun.uz\" nashri xabar bermoqda. Tramp aktyorni AQShning san’atni qo‘llab-quvvatlash milliy jamg‘armasi rahbari lavozimiga tayinlamoqchi.

Tramp hozircha aktyorga rasmiy taklif bildirmagan, biroq nashrning fikricha, Stallone bunga ijobiy munosabat bildiradi.

Tramp shtabidagi manbalar Fox News telekompaniyasiga Stallone borasida rasmiy qaror qabul qilinmaganini aytganlar. Biroq Tramp Stallone haqida \"juda yaxshi fikrda\" va ular anchadan beri do‘st tutinganlar.

San’atni qo‘llab-quvvatlash milliy jamg‘armasi AQShda 1965 yilda san’at sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish maqsadida tashkil etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.