Buxoro viloyatida 5 ishchi kanalizatsiya quvurida oqib ketib, halok bo‘ldi

Buxoro viloyatida 5 ishchi kanalizatsiya quvurida oqib ketib, halok bo‘ldi

Buxoro viloyati, Buxoro tumani, Bog‘idasht qishlog‘ida 5 ishchi ehtiyotsizlik oqibatida kanalizatsiya quvuriga oqib ketdi va halok bo‘ldi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 4 sentyabr kuni ishchilar Buxoro shahri, 7-mikrorayonda qurilayotgan ko‘pqavatli uyni Bog‘idasht qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Markaziy kanalizatsiya quvuriga ulamoqchi bo‘lgan.

Buxoro viloyatida 5 ishchi kanalizatsiya quvurida oqib ketib, halok bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, «Fayz binokor Oltiariq» korxonasi ishchilari Buxoro viloyati Suv va oqava ta’minoti bo‘yicha injiniring kompaniyasidan ruxsat olmasdan, kanalizatsiya qopqog‘ini ochgan va quvurga tushgan. Oqibatda, kuchli oqim tufayli quvur ichiga oqib ketgan.

Buxoro viloyatida 5 ishchi kanalizatsiya quvurida oqib ketib, halok bo‘ldi

Ishchilardan 3 nafarining jasadi «Zarmanoq» mahallasidagi oqova suvlarni uzatgich punkti quvuridan topilgan, qolgan 2 nafari izlanmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.