Stalinning nabirasi vafot etdi

Stalinning nabirasi vafot etdi
Stalinning nabirasi vafot etdi

Moskvada XX asrning eng mashhur siyosiy arboblaridan biri Iosif Stalinning 80 yoshli nabirasi Evgeniy Jugashvili vafot etdi, deb xabar bermoqda “Kun.uz” nashri.

\"U vafot etdi\", deb ma’lum qilindi tez yordam ma’lumot berish xizmatida.

Evgeniy Jugashvili Stalinning o‘g‘li Yakov Stalinning o‘g‘li bo‘lgan. Uning otasi Ikkinchi jahon urushi vaqtida fashistlar qo‘liga asirga tushgach, ular bilan hamkorlik qilishdan bosh tortib o‘z joniga qasd qilgan. Tashqi ko‘rinishi Stalinnikiga o‘xshash bo‘lgan Evgeniy hattoki \"Yakov – Stalin o‘g‘li\" filmida bobosi rolini ijro etgan.
Stalinning nabirasi vafot etdi

TASS


Evgeniy Jugashvilining kasbi muhandis bo‘lgan, sovet vaqtida bir nechta zavodlarda harbiy vakil bo‘lgan, sovet davridan keyin esa Rossiya va Gruziyada jamoatchilik va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullangan.

Jugashvili o‘z bobosining nomini himoya qilish bo‘yicha sud jarayonlari o‘tkazish bilan tanilgan. U, jumladan, Katinda sovet jazolash otryadlari tomonidan polshalik harbiylarning otib tashlanishini shubha ostiga qo‘ygan. U Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedevga murojaatida bu ayblovni \"jirkans bo‘hton\" deb atagan. XX asrning 90-yillarida radikal kommunist Viktor Ampilov bilan Rossiya Davlat dumasiga nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan.

Avvalroq Strasburg sudi Evgeniy Jugashvilining Katinda polshalik harbiylarning otilishi bo‘yicha OAVdagi maqolalar yuzasidan Rossiyaga qarshi shikoyatini nomaqbul deb topgan.

Katindagi fojea Iosif Stalin buyrug‘i bilan amalga oshirilgani aytib kelinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.