Buxoroda 4,5 mlrd so‘mlik gazni noqonuniy ishlatgan sex fosh etildi

Buxoroda 4,5 mlrd so‘mlik gazni noqonuniy ishlatgan sex fosh etildi

Buxoroda 4,5 mlrd so‘mlik gazni noqonuniy ishlatgan sex fosh etildi
Buxoro shahrida joylashgan “B. E.” mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli qog‘oz ishlab chiqarish sexida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi, deb “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi xabar berdi.

Nazorat tadbiri viloyat prokuraturasi va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan. Dastlabki hisoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti tizimiga yetkazilgan moddiy zarar 4 milliard 524 million so‘mni tashkil etgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovgacha bo‘lgan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea yuzasidan qonuniy choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.