Pavel Durov 41 yoshga to‘ldi

Pavel Durov 41 yoshga to‘ldi
Bugun Pavel Durovning tavallud kuni. U nafaqat zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida, balki so‘z erkinligi va shaxsiy daxlsizlik yo‘lidagi sa’y-harakatlari bilan ham tanilgan shaxs hisoblanadi.
2006-yilda u “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ini ta’sis etgan bo‘lib, bu tarmoq qisqa vaqt ichida Rossiya va MDHdagi eng ommaviy platformalardan biriga aylandi.
2013-yilda Pavel akasi Nikolay Durov bilan birgalikda Telegram messenjerini yaratdi. Bu ilova maxfiylik va xavfsizlikni ta’minlashdagi innovatsion yondashuvi bilan dunyo miqyosida shon-shuhrat qozondi. Bugungi kunda Telegram’ning 1 milliarddan ortiq faol foydalanuvchisi bor.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Pavel Durovning boyligi 17,1 milliard dollarga teng — bu uni dunyodagi eng boy texnologik tadbirkorlardan biri sifatida ko‘rsatadi.
U hukumat bosimiga qaramay, foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini berishdan bosh tortgan, va “biznes odamlarga xizmat qilishi kerak, nazorat manfaatlariga emas”, degan fikri bilan millionlab insonlarning hurmatini qozongan.
Xalqaro e’tirof:
• “30 yoshgacha bo‘lgan eng istiqbolli yetakchi” deb tan olingan
• Young Global Leaders dasturi ishtirokchisi
• Fortune “40 Under 40” ro‘yxatiga kiritilgan
Pavel Durovni tavallud kuni bilan muborakbod etamiz!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.