Davlat banklarida ish o‘rinlari qisqartiriladi

Davlat banklarida ish o‘rinlari qisqartiriladi

2025-yil 4-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev “Raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga ijro etuvchi hokimiyat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deb Uz24.uz xabar berdi.

Farmon mazmuni:

– Ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifa va funksiyalari raqamlashtiriladi;

– Sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi;

– Natijada 2141 ta shtat birligi qisqartiriladi.

Mazkur chora-tadbirlar boshqaruv samaradorligini oshirish, takrorlanayotgan funksiyalarni kamaytirish va byurokratiyani qisqartirishga qaratilgan.

Tashkiliy o‘zgarishlar:

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarida:

– kamida bitta rahbar o‘rinbosari lavozimini qisqartirish,

– boshqaruv xodimlari sonini 10 foizga kamaytirish tashabbusi bilan chiqadi.

Qamrovdagi banklar:

Farmon quyidagi davlat banklarini ham qamrab oladi:

– Xalq banki

– O‘zmilliybank

– O‘zsanoatqurilishbank

– Agrobank

– Biznesni rivojlantirish banki

– Aloqabank

– Asakabank

– Mikrokreditbank

– Turonbank

Ularning har birida bitta rahbar o‘rinbosari lavozimi qisqartiriladi, boshqaruv tarkibi esa 10%ga kamaytiriladi.

Yakuniy maqsad:

Farmon davlat boshqaruvini raqamli yechimlar asosida takomillashtirish, inson omilini kamaytirish va xarajatlarni optimallashtirishni maqsad qilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.