Andijonda Nexia haydovchisi ikki bolani piyodalar yo‘lagida urib yubordi

Andijonda Nexia haydovchisi ikki bolani piyodalar yo‘lagida urib yubordi

Andijon viloyatida 12-oktyabr kuni ikki bolа ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb UPL.uz xabar berdi. Nexia rusumidagi yengil avtomashina haydovchisi piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan ikki bolani urib ketgan.

Hodisa soat 14:30 atrofida A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining 343-chaqirig‘i, Andijon tumanidagi \"Kurama\" mahallasi hududida sodir bo‘ldi. Avtomobilni 1969-yilda tug‘ilgan S.R. boshqarib borayotgani ma’lum qilindi.

To‘qnashuv natijasida bolalardan biri — o‘ng oyog‘ining yopiq sinishiga uchragan va tez tibbiy yordam markaziga yetkazilib, shifoxonaga yotqizilgan. Ikkinchi bola omon qolgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.