Samarkanddagi to'yda kelinning onasi pulga o'raldi

Samarkanddagi to'yda kelinning onasi pulga o'raldi

Samarkanddagi to'yda kelinning onasi pulga o'raldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda bo\'lib o\'tgan to\'ylardan birida olingan video tarqaldi. Bu haqda Upl.uz xabar beradi.

Videoda kelinning onasi noodatiy tarzda pul bilan bezatilgan kiyimda ko\'rsatilgan. Videoni joylashtirganlar kelinning onasini pul bilan \"kiyintirishganini\" ta\'kidlagan.

Ayol pul kupyuralarini kiyimining bir qismi sifatida ishlatgan. Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda ko\'plab tanqidlarga sabab bo\'ldi.

Ayrim foydalanuvchilar bu kabi harakatlar mamlakat obro\'siga putur yetkazishini va bunga qarshi jazo choralari ko\'rish kerakligini aytishdi. Ta\'kidlash joizki, o\'zbek to\'ylarida mehmonlar va tadbir egalarining pul yog\'dirishi odatiy holat sanaladi.

Ammo endilikda kupyuralar uslubiy element sifatida ishlatilmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.