Haydovchi inspektorga pora berish uchun kredit oldi

Haydovchi inspektorga pora berish uchun kredit oldi
Haydovchi inspektorga pora berish uchun kredit oldi

Bu voqea Rossiyaning Permida yuz berdi. 39 yoshli haydovchini YHXDI inspektori to‘xtatdi. Haydovchi g‘irt mastligini yashirib o‘tirmadi. Qo‘yib yuborishlari uchun inspektorlarga tomdan tarasha tushgandek 40 ming rubl va’da qildi. Yonida pul yo‘q edi, shuning uchun eng yaqin bankka borib shoshilinch kredit oldi, deb yozadi «Carzone» sayti.

To‘g‘ri, u bankka borguncha inspektorlar o‘z rahbariyatiga qo‘ng‘iroq qilib, barchasini aytib berdi. Qolgan voqealar siz tasavvur qilganingizdek yuz berdi.

Hozir tergov tugab, ish sudga oshirilgan. Kredit olgan haydovchi mansabdor shaxsga pora berishga uringanlik va noqonuniy xatti-harakat sodir qilganlikda ayblanmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.