11 yoshli cho‘pon qiz dunyoga mashhur bo‘ldi

11 yoshli cho‘pon qiz dunyoga mashhur bo‘ldi
11 yoshli cho‘pon qiz dunyoga mashhur bo‘ldi

Tanishing: Hamdu Sana Bilgin, turkiyalik 11 yoshli cho‘pon qiz va uning ko‘ppagini ismi Tomi. Ular echki va bolasini qutqarishgach, dunyoga mashhur bo‘lib ketishdi. Qizning mashhurligiga echkiga ko‘rsatgan rahmdilligi sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Kun nashri.

Qizcha Turkiyaning Rizo shahri atrofidagi qishloqlardan birida istiqomat qiladi. Uning oilasi echkichilik bilan shug‘ullanadi.
11 yoshli cho‘pon qiz dunyoga mashhur bo‘ldi

Hamduga uy hayvonlarini boqishda Tomi laqabli iti yordam beradi. Bir kuni cho‘pon qiz qor bosgan tog‘ oralab hayvonlarni boqib yurar ekan, echkilardan biri tug‘ayotganini sezib qolgan.
11 yoshli cho‘pon qiz dunyoga mashhur bo‘ldi

Shundan so‘ng, Hamdu echki va bolasi uyga qayta olmasligidan xavotirlanib, oddiy, ammo ajoyib qarorga kelgan.
11 yoshli cho‘pon qiz dunyoga mashhur bo‘ldi

\"Echki tug‘ishni boshlaganida men to‘dani uyga qaytarishga qaror qildim. Uydan ikkita bo‘sh ryukzakni olib Tomi bilan birga qaytdim\", - deya hikoya qiladi Hamdu.
11 yoshli cho‘pon qiz dunyoga mashhur bo‘ldi

Yosh cho‘pon ona echkini ryukzakiga solib, o‘z elkasiga, bolasini ikkinchi sumkaga joylab Tomining elkasiga ortgan. Shu bilan ular betalofat uyga kelib olishgan.
11 yoshli cho‘pon qiz dunyoga mashhur bo‘ldi

Uning 15 yoshli akasi olgan suratlar dunyo ijtimoiy tarmoqlarida tobora ommalashib ketmoqda.
11 yoshli cho‘pon qiz dunyoga mashhur bo‘ldi

Qahramon qizning aytishicha, uyga qaytish, yo‘lni qalin qor bosgani sababli juda qiyin bo‘lgan, \"ammo shunga arzigan\".
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.