Toshkentda dahshatli YTH ro‘y berdi, etti kishi halok bo‘lgan

Toshkentda dahshatli YTH ro‘y berdi, etti kishi halok bo‘lgan
Toshkentda dahshatli YTH ro‘y berdi, etti kishi halok bo‘lgan

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 1-shahar bolalar klinik kasalxonasi yaqinidagi chorrahada jiddiy yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Sputnik” nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, mast holatdagi yigitlar bo‘lgan Jizzax viloyatiga tegishli davlat raqamidagi \"Matiz\" mashinasi katta tezlikda kelib \"Spark\" bilan to‘qnashgan. Avtomobillar o‘sha lahzada yo‘l chetidan ketayotgan qizga urilgan.

Hodisa oqibatida \"Matiz\" ag‘darilgan, \"Spark\"ning esa old qismi deyarli yo‘q bo‘lib ketgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, avtohalokat oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, ularning jasadlari 7-shahar klinik kasalxonasi o‘likxonasiga olib ketilgan.

O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi va tegishli boshqarmalar bu xabar borasida hech qanday izoh bermadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.