Toshkentda tungi motoxuliganlarga qat'iy chora ko'rildi

Toshkent shahar IIBB YHXB axborotiga ko\'ra, yo\'l harakati qoidalarini buzgan motohaydovchilarga nisbatan tegishli choralar ko\'rildi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Joriy yilning 1 yanvar kuni soat 01:30 atrofida Yashnobod tumanida bir guruh mototsiklchilar tungi ko\'chalarda xavfli manyovrlar qilib, qoidalarni qo\'pol ravishda buzgan. Yangi yilni nishonlash uchun ko\'chaga chiqqan tomoshabinlar oldida ular atayin shov-shuvli harakatlar bilan xavfsizlikni xavf ostiga qo\'ygan.
Holat yuzasidan tezkor-qidiruv ishlari o\'tkazilib, barcha motohaydovchilarning shaxsi aniqlangan. Qoidabuzarlarga tegishli transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilib, haydovchilarga ma\'muriy jazo qo\'llangan. Shuningdek, ular bilan profilaktik suhbat ham o\'tkazilgan.













