2025 yilda o'qituvchilarning 60 foizdan ko'pi attestasiyadan o'tmadi

Ixtisoslashgan Telegram-kanalda 2025 yilgi o\'qituvchilar attestasiyasi bo\'yicha statistik ma\'lumotlar e\'lon qilindi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Qayd etilishicha, bu yilgi jarayonda 353,6 ming nafar pedagog ishtirok etgan. Biroq natijalar kutilganidek chiqmadi: qatnashchilarning 60 foizdan ortig\'i qoniqarli ko\'rsatkich qayd eta olmagan.
Attestasiya yakuniga ko\'ra yangi malaka toifasini olgan o\'qituvchilar soni ham ma\'lum bo\'ldi: oliy toifa — 22 311 nafar, birinchi toifa — 43 445 nafar, ikkinchi toifa — 60 055 nafar, mutaxassis — 13 371 nafar.
Shuningdek, 125 811 nafar pedagog o\'z toifasini saqlab qolgan yoki yuqorilata olgan. Yana 6 553 nafar o\'qituvchi attestasiya topshirmasdan turib toifaga kiritilgan.
Kasbiy attestasiya jarayonida 21 836 nafar o\'qituvchi-stajyor ham qatnashdi. Bundan tashqari, 48 599 ta milliy va xalqaro sertifikat tan olinib, ular asosida ish haqlariga ustamalar to\'lab berilgani bildirildi.













