O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat chegaralari borasida kelishib oldi


2017 yilning 27 fevral — 3 mart kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston Qo‘shma demarkasiya komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Sof.uz sayti.
Majlis davomida ikki davlatning Hukumat delegasiyalari tomonidan O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegaralarini demarkasiya qilishga oid hujjatlarni tayyorlash davom ettirildi.
Uchrashuv yakuniga ko‘ra 2017 yilning birinchi yarmida dala ishlarini o‘tkazish jadvali kelishildi.
O‘tgan yilning noyabr oyida ham ikki davlat Hukumat delegasiyalari o‘zaro uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













