Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Kеча, 28 mart kuni Toshkent shahrida 8 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 11:10 atrofida Chilonzor tumani “Eshonguzar” MFY, Chinni bozor oldida 2 ta Spark, 3 ta Cobalt, 1 ta BYD, 1 ta Matiz va 1 ta Lacetti rusumli avtomobillar to‘qnashdi. YTH natijasida Cobalt avtomobilining bir yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan tergov va tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Shahar aholisi va haydovchilar ehtiyotkorlikni oshirib, yo‘llarda hodisalardan saqlanishi kerak.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













