Alyaska qirg‘oqlarida neftning to‘kilishi oq kitning noyob turiga xavf solmoqda

Alyaska qirg‘oqlarida neftning to‘kilishi oq kitning noyob turiga xavf solmoqda
Hilcorp Alaska neft-gaz kompaniyasi Alyaska qirg‘oqlaridagi Kuka ko‘rfazida neft to‘kilishi haqida xabar berdi. Bu esa oq kitning noyob turiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Amerika Biologik xilma-xillik markazi (Center for Biological Diversity)ning matbuot reliziga asoslanib Kun.uz shu haqida ma’lum qildi.

Manbada ta’kidlanishicha, u erda Kuka ko‘rfazidagi oq kitlarga tahdid soluvchi neft plyonkalari hosil bo‘lgan. Bugungi kunda oq kitlarning bu noyob turi bor-yo‘g‘i 340 tani tashkil qiladi.

Neft to‘kilishi sabablari hozircha noma’lum. Manbaga ko‘ra, u kompaniyaning dekabr oyida ro‘y bergan gaz muammosiga bog‘liq emas.

\"Men neft to‘kilishi haqidagi xabarni dastlab 1-aprel hazili deya qabul qildim, chunki Hilcorp ketma-ket yana bir kamchilikka yo‘l qo‘yishi mumkin emasdek tuyulgandi\", - dedi markazning okean dasturlari bo‘yicha direktori Mieko Sakashita.

Uning so‘zlariga ko‘ra, \"okeanda neft maydonini yaratishning xavfsiz usuli bo‘lmaydi\".
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Jasur
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.