Termizda maktab direktori pora uchun 4 yilga qamaldi

Termizda maktab direktori pora uchun 4 yilga qamaldi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida maktab direktori pora olishda aybdor deb topilib, sud qarori bilan 4 yil ozodlikdan mahrum etildi.

Maʼlumotlarga koʻra, u ishdan boʻshatilgan xodimni qayta ishga joylashtirishda yordam berish evaziga 2 million soʻm talab qilgan.

Dastlab 1 million soʻm va bank plastik kartasi olingan, keyin esa kartadagi qolgan mablagʻ ham naqdlashtirilgani aniqlangan.

Sud hukmiga koʻra, u Jinoyat kodeksining 210-moddasi — pora olish bilan aybdor deb topilgan.

Shuningdek, u 2 yil muddatga rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.