Namanganda 5-sinf o‘quvchisi transformatorda tok urishi oqibatida vafot etdi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida 13 yoshli bola elektr toki urishi oqibatida vafot etdi. Hodisa 5 may kuni kechki payt yuqori kuchlanishli transformator oldida sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, 5-sinf o‘quvchisi gilos yeyish maqsadida transformator ustiga chiqqan vaqtida kuchli elektr toki ta’siriga tushgan. Oqibatda u og‘ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan. Bolaning qarindoshlari transformator atrofi xavfsizlik talablariga javob bermaganini aytmoqda. Ularning ta’kidlashicha, hudud panjara bilan o‘ralmagan, ayrim simlar ochiq bo‘lgan va transformator qulflanmagan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, elektr ta’minoti korxonasi xodimlari faoliyati yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













