Qozog‘istonda taniqli blogerning operatsiyasi fojea bilan yakunlandi

Qozog‘istonda taniqli blogerning operatsiyasi fojea bilan yakunlandi

Qozog‘istonda taniqli ayol bloger bilan bog‘liq fojiali holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ma’lum qilinishicha, 53 yoshli Saule Bazarxan Olmaota shahridagi xususiy klinikalardan birida liposaksiya amaliyotini o‘tkazgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jarrohlik amaliyotidan keyin uning ahvoli keskin og‘irlashgan. Oradan ko‘p o‘tmay, blogerning vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.

Marhumaning yaqinlari operatsiyadan keyingi davolash jarayoni yuzasidan bir qator savollarni o‘rtaga tashlab, holatga aniqlik kiritishni talab qilmoqda. Ular, xususan, tibbiy yordam qay darajada to‘g‘ri ko‘rsatilgani va kuzatuv ishlari qanday olib borilgani bilan qiziqmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Olmaota shahar politsiyasi tomonidan tekshiruv ishlari boshlangan. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.