O‘zbekistonda xotiniga non olishi uchun mini avtomobil sovg‘a qilgan erkak e’tibor markazida

O‘zbekistonda yana bir noodatiy va samimiy holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda bir erkak turmush o‘rtog‘ini kutilmagan sovg‘a bilan xursand qilgani aks etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, u xotiniga kichik hajmli mini-avtomobil hadya qilgan. Guvohlarning aytishicha, ushbu transport vositasi asosan mahalla ichida qisqa masofalarga qatnash, masalan do‘konga borib non olib kelish kabi kundalik ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan.
Mazkur video internetda tez tarqalib, foydalanuvchilar orasida turli ijobiy fikr-mulohazalarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar bu holatni oilaviy munosabatlardagi e’tibor va hurmatning chiroyli namunasi sifatida e’tirof etmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













