Parkentlik onaxonning orzusi ushaldi

Parkentlik onaxonning orzusi ushaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda mojaro ortidan e’tibor markaziga tushgan onaxon — Abduraimova Masturaga turli ko‘mak va yaxshiliklar ko‘rsatilayotgani aks etgan videolar foydalanuvchilar qalbini larzaga solmoqda.

Kadrlarda onaxonning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida unga turli imkoniyatlar yaratilgani ko‘rinadi. U o‘zi hurmat qilgan san’atkorlar bilan uchrashib, ular bilan samimiy suhbatlar qurdi. Shuningdek, onaxon turli restoranlarda mehmon qilinib, poytaxtdagi xiyobon va sayilgohlarga sayohatga olib borilgani ham aks etgan.

Eng ta’sirlisi esa — unga Umra ziyorati uchun yo‘llanma hadya etilgani bo‘ldi. Ushbu sovg‘ani olgan onaxonning quvonchi ichiga sig‘may, ko‘zlarida yosh bilan minnatdorlik bildirgani videolarda yaqqol namoyon bo‘lgan.

Onaxon o‘z so‘zlarida avval ko‘p bora ichidan o‘ksib, “Nahotki men shunchalik yomon bo‘lsam, boshqalarni Alloh chaqiryapti-yu, meni chaqirmaydi”, deb o‘ylagan damlarini ham eslab o‘tgan. Endilikda esa uning orzusi ushalib, qalbida umid va shukronalik tuyg‘ulari jo‘sh urayotgani seziladi.

Mazkur voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘pchilik insonlar bunday saxovat va mehr-oqibatni yuqori baholab, yaxshilik qilish an’analari davom etishini tilamoqda.

Parkentlik onaxonning orzusi ushaldi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.