Poroshenkoning o‘g‘li Russia yozuvi tushirilgan futbolka tufayli tanqidga uchradi

Poroshenkoning o‘g‘li Russia yozuvi tushirilgan futbolka tufayli tanqidga uchradi
Petro Poroshenkoning kenja o‘g‘li Mixailning Russia so‘ziga o‘xshash yozuv tushirilgan kiyimda namoyon bo‘lgan surati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ko‘pchiligini taajjublantirdi. \"Kun.uz\"da shu haqida xabar berildi.

Xususan, jurnalist Levko Stek bunga e’tibor qaratdi. U Bosco kompaniyasining saytida ham xuddi shunday maykani topishga muvaffaq bo‘ldi, u Sochidagi Olimpiada sharafiga ishlab chiqarilgandi.

Ba’zi foydalanuvchilar unda U harfi yo‘qligiga diqqat qilishdi va bu RSSIA - Rossiya yozgi institusional tahlil maktabining maxsus futbolkasi ekanini taxmin qilishdi.
Poroshenkoning o‘g‘li Russia yozuvi tushirilgan futbolka tufayli tanqidga uchradi
\"Ukrainskaya pravda\" Mixail Poroshenkoning do‘sti Sergey Kizeevning Bosco reglanida aks ettirilgan suratini chop etdi - ehtimol, Ukraina prezidentining o‘g‘li do‘stining futbolkasini kiyib suratga tushgandir.

Ba’zi foydalanuvchilar esa surat Photoshop\'da ishlangan bo‘lishi mumkinligini aytishdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.