Alyaskada 11 yoshli bola otasi va amakisini ayiq hamlasidan qutqarib qoldi

Alyaskada 11 yoshli bola otasi va amakisini ayiq hamlasidan qutqarib qoldi
AQShning Alyaskasida o‘rmon bo‘ylab sayr vaqtida 11 yoshli Elliot Klark katta yoshli qarindoshlarini ayiq hamlasidan qutqarib qoldi.

Associated Press axborot agentligining shtat polisiyasiga iqtibos keltirgan holda ma’lum qilishicha, bolakay o‘rmonda otasi, amakisi va amakasining o‘g‘li bilan birga ketayotganda ular tomon ayiq yugurib chiqib, uning amakisiga hamla qilib qolgan.

Bolakay o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, tezkorlik bilan harakat qilib, ayiqni nishonga olgan. U qo‘lidagi miltiqdan ayiqqa qarata bir nechta o‘q uzgan: u avval nishondan adashgan, biroq keyin ayiq elkasi va burnini poylay olgan.
Alyaskada 11 yoshli bola otasi va amakisini ayiq hamlasidan qutqarib qoldi
Bola otasining aytishicha, ularni o‘g‘li miltiqni elkasida emas, qo‘lida olib ketayotgani qutqarib qolgan. Chunki bolaning amakisida ham miltiq bo‘lgan, biroq u miltiqni elkasida olib yurgan va oqibatda o‘zini himoyalash uchun uni elkasidan olishga ulgurolmay qolgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.