OAV: Tramp prezidentligining har beshinchi kunini golf o‘ynab o‘tkazgan

OAV: Tramp prezidentligining har beshinchi kunini golf o‘ynab o‘tkazgan
AQSh prezidenti Donald Tramp shu kungacha o‘z prezidentligining har beshinchi kunini golf-klublarda o‘tkazgan. Bu haqda Trampning inaugurasiyasidan keyin uning golf-klublarga tashriflarini kuzatib borgan NBC News xabar bermoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Ta’kidlanishicha, Tramp prezidentligining 165 kunidan 36 kunini golf o‘ynab o‘tkazgan. Asosan Tramp Florida shtatidagi Palm-Bichda golf o‘ynaydi. U, shuningdek, o‘zining Nyu-Jersi va Vashingtondagi golf maydonlariga ham tashrif buyurib turadi.

The Hill nashrining ma’lum qilishicha, Tramp 4 iyul – AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan dam olish kunini ham golf-klubda o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Ba’zi mansabdor shaxslarning fikricha, Tramp golf o‘yinini diplomatiya quroli sifatida ishlatadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.