Mirobodda uyida fohishaxona saqlagan erkak ushlandi

Mirobodda uyida fohishaxona saqlagan erkak ushlandi
2017 yilning 11 iyul kuni taxminan soat 20:30larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Lixosherstnыy Evgeniy Vladimirovich, Mirobod tumani, G.Aliev ko‘chasi, 204-uy, 37-xonadonda fohishaxona saqlab, 40.000 so‘m pul evaziga fuqaro «D» va «E» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.