“Nazarbek”da ot aravada marixuana olib ketayotganlar qo‘lga tushdi

“Nazarbek”da ot aravada marixuana olib ketayotganlar qo‘lga tushdi
Toshkent shahrining ichki ishlar organlari xodimlari Uchtepa tumanida joylashgan “Nazarbek” chegara postida marixuana olib ketayotgan ot aravani aniqladilar.

21 avgust kuni “Nazarbek” chegara postida to‘xtatilgan ot arava Hojiakbar Rixsiev boshqaruvida bo‘lgan. Transport vositasi tekshirilganida, unda umumiy og‘irligi 5 kg 639 gr bo‘lgan marixuana giyohvand moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani Ichki ishlar boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi ochildi.


Manba: Qalampir.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.