Bekobodda bir «Neksiya» qasddan YTH sodir etdi (video)

Bekobodda bir «Neksiya» qasddan YTH sodir etdi (video)
Bekobod tumanida yashovchi fuqaro o‘ziga tegishli «Ural» mototsiklida yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan. U bilan birga bo‘lgan yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yetkazilgan. Ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramasdan, u vafot etgan. Bu haqda «O‘zbekiston 24» xabar berdi.

Surishtiruvlarda aniqlanishicha, ushbu hududda yashovchi Nexia haydovchisi shaxsiy adovati sababli mashinasi bilan mototsiklning orqa tarafiga borib urgan. Mototsikldagilarga og‘ir tan jarohati yetkazganini bila turib, Nexia haydovchisi voqea joyidan yashiringan.

Avtomobil haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismining «d» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.