MDH sammitida muhokamalar kengaytirilgan tarzda boshlandi

MDH sammitida muhokamalar kengaytirilgan tarzda boshlandi
Avval xabar berganimizdek, MDH sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Davlat rahbarlari uchrashuvidan so‘ng, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitining tor doiradagi uchrashuvlari o‘tkazilib, undan keyin davlat rahbarlari muhokamalarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirishga kirishdi.

Majlisda MDH mamlakatlarining Parlamentlararo assambleyasi faoliyatini takomillashtirish masalasi muhokama qilinishi belgilangan edi.

MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Oila instituti va an’anaviy oilaviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bayonoti, Hamdo‘stlikda 2019 yilni “Kitob yili”, 2020 yilni “1941–1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi yili”, deb e’lon qilish haqida qaror qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, Hamdo‘stlik mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan boshqa hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.