Angliyada 300 yillik qarorgoh "aqlli uy"ga aylantirildi

Angliyada 300 yillik qarorgoh "aqlli uy"ga aylantirildi
Me’mor Kris Seymor-Smit qadimiy qarorgohni yilning uchdan ikki qismida o‘zini o‘zi elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan o‘ta zamonaviy ekologik toza uyga aylantirdi. Bu haqda «New Atlas»ga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Hill Barn — Kotsuolds (Angliya) qishlog‘i markazida joylashgan tepalikdagi 300 yillik toshdan qurilgan bino. Uzoq vaqt mobaynida hech kimga bu binoni qayta loyihalashtirish va modernizatsiyalashga ruxsat berilmas edi, hatto Duran Duran guruhi zarb musiqachisiga ham ruxsat berilmadi.

Oxir-oqibat me’mor Kris Seymor-Smit bir yilda to‘rt tarixiy binoni qayta qurishga ruxsat beruvchi davlat dasturini amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Asosiy sharti - barcha o‘zgarishlar binoni haqiqatda ajoyib ko‘chmas mulkka aylantirish.

Shuning uchun uy to‘liq zamonaviy ekologik standartlarga muvofiq qayta qurildi. Uyning janubiy devorida quyosh panellari joylashgan, shuning uchun mart oyidan oktyabrgacha uy o‘zini o‘zi elektr energiyasi va issiq suv bilan ta’minlaydi. Qishda, quyosh kam paytda uyda o‘choqli suv isitgichdan foydalanishadi. U uy termal tizimining bir qismi hisoblanadi.

Uy havosi issiqni rekuperatsiya qiluvchi tizim yordamida filtrlanadi. Iqlim nazorati tizimi yilning har qanday mavsumida 20-21 daraja iliq havoni ushlab turadi, hatto kuchli sovuqlarda ham. Tosh devorlar issiqni tortib olmasligi uchun Seymor bino bo‘ylab issiqlik izolyatsiyasini o‘rnatgan.

Uy BBC\'ning Buyuk Britaniyadagi bazasi yaqinida joylashgan, tovush izolyatsiyasi tizimi shu qadar takomillashganki, uy egalari hatto og‘ir harbiy-transport samolyoti uchib o‘tsa ham eshitishmaydi.
Англияда 300 йиллик қароргоҳ "ақлли уй"га айлантирилди
Angliyada 300 yillik qarorgoh "aqlli uy"ga aylantirildi
Angliyada 300 yillik qarorgoh "aqlli uy"ga aylantirildi
Angliyada 300 yillik qarorgoh "aqlli uy"ga aylantirildi
Angliyada 300 yillik qarorgoh "aqlli uy"ga aylantirildi
Angliyada 300 yillik qarorgoh "aqlli uy"ga aylantirildi
Angliyada 300 yillik qarorgoh "aqlli uy"ga aylantirildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.