Stiv Jobsning BMW’si sotuvga qo‘yildi

Stiv Jobsning BMW’si sotuvga qo‘yildi
Amerikaning Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobsning BMW Z8 rusumli avtomobili shu yilning dekabr oyida Nyu Yorkdagi kim oshdi savdosiga qo‘yiladi. Bu haqda «CBS News»ga tayanib «Kun.uz» xabar qilmoqda.

Avtomobilning boshlang‘ich narxi 300 ming dollarni tashkil etadi. Xaridorga mashina bilan birga avtomobilning eski hujjatlari ham taqdim etiladi. Unda mashina egasi Stiv Jobs ekani qayd qilingan.

Tadbirkor BMW Z8 rodsterini 2000 yili xarid qilib, 3 yildan so‘ng boshqa bir tadbirkorga sotgan. Uning egalari bir necha marta o‘zgarganiga qaramay, mashina atigi 24 ming km yurgan.
Стив Жобснинг BMW’си сотувга қўйилди
Stiv Jobsning BMW’si sotuvga qo‘yildi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.