Oq uy yonida «barcha oq tanli politsiyachilarni» o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Oq uy yonida «barcha oq tanli politsiyachilarni» o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
AQSh maxfiy xizmati Vashingtondagi Oq uy yonida «barcha oq tanli politsiyachilarni» o‘ldirmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda «Fox News» telekanaliga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Texas shtati Dallas shahridan bo‘lgan Maykl Arega 6 noyabrda kunning ikkinchi yarmida hibsga olingan.

Erkak qo‘lga olinganidan so‘ng «Oq uydagi barcha oq tanli politsiyachilarni» o‘ldirmoqchi bo‘lgani haqida ma’lum qildi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Arega – afroamerikalik. U Efiopiyada tavallud topgan bo‘lishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.