Toshkentda “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi qurilishi boshlandi

Toshkentda “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi qurilishi boshlandi
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi yana bir masjid qayta ta’mirlanib, uning yangi binosiga birinchi g‘isht qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Toshkent shahrining Fayziobod mahallasida joylashgan “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi dastlab 1962 yilda qurilgan. Sobiq ittifoq davrida masjid deyarli faoliyat yuritmagan. 1991-1992 yillarda Fayziobod mahallasida istiqomat qilgan Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja hojining xayrli tashabbusi hamda mahalla ahli va faollari ishtirokida hashar yo‘li bilan qayta tiklanib, ta’mirlangan. 1997-yilda masjidga “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi nomi berilgan. 1999-yildan jome masjid sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Toshkentda “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi qurilishi boshlandi
O‘tgan davr mobaynida masjid binosi eskirganligi, bugunda ta’mirtalab holga kelib qolganligi tufayli mahalla ahli ezgu niyat bilan masjidni qayta qurish taklifini olg‘a surishdi. Va bu xayrli tashabbus qo‘llab-quvvatlangach, shu yilning avgust oyida qayta qurish ishlari boshlab yuborilgan edi.
Toshkentda “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi qurilishi boshlandi
Toshkentda “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi qurilishi boshlandi
Joriy yilning 2 dekabr kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidning yangidan qurilishi rejalashtirilgan binosi uchun birinchi g‘isht qo‘yildi.

Ushbu tadbirda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, mutasaddi tashkilotlar vakillari, masjid tashabbuskorlari va mahalla faollari qatnashdi.
Toshkentda “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi qurilishi boshlandi
Toshkentda “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi qurilishi boshlandi
Toshkentda “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi qurilishi boshlandi
Toshkentda “Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja” jome masjidi qurilishi boshlandi
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.