Islom Karimovning 27 yoshida aka-ukalari bilan tushgan surati e’lon qilindi

Islom Karimovning 27 yoshida aka-ukalari bilan tushgan surati e’lon qilindi
Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoatchilik fondi Facebook\'dagi sahifasida Birinchi Prezidentning aka-ukalari bilan tushgan suratini joyladi, deb yozadi Sof.uz.

\"Suratda 27 yoshli Islom Karimov (chapdan uchinchi) aka-ukalari Quddus, Ibodullo va Xurshid bilan. Samarqand, 1965 yil\", — deya izoh berilgan suratga.
Islom Karimovning 27 yoshida aka-ukalari bilan tushgan surati e’lon qilindi
Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov fondi O‘zbekiston Birinchi Prezidentining oilasiga daxldor yangi fotosurat va ma’lumotlarni e’lon qilgan edi. Ularga ko‘ra, oilada sakkiz farzand o‘sib ulg‘aygan: bir qiz — Mehriniso va yetti aka-uka: Amonullo, Ibodullo, Arslon, Quddus, Ikrom, Islom, Xurshid.

Fond O‘zbekiston birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2016 yilning oktyabrida Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva tomonidan tashkil etilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.