Endi “Portal”ga yozganlarni ta’qib qiluvchilar nazoratga olinadi

Endi “Portal”ga yozganlarni ta’qib qiluvchilar nazoratga olinadi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi dasturiy tizimining yangi talqini ishlab chiqilib, bugun, 1 fevral kuni test rejimida ishga tushirildi.
Endi “Portal”ga yozganlarni ta’qib qiluvchilar nazoratga olinadi
Skrin: Prezident virtual qabulxonasi

Bugundan sinov tariqasida ish boshlagan virtual qabulxonadagi yana bir yangilik — murojaatchilarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida “Ta’qib haqida xabar” moduli joriy qilingani bo‘ldi.

Agar kimda-kim ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilgani tufayli ta’qibga uchraydigan bo‘lsa, bu haqda maxsus tugma orqali tezkor xabar berishi mumkin. Bunday xabarlar huquqni muhofaza qilish organlarini jalb etgan holda ustuvor va tezkor ravishda ko‘rib chiqiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.