Betmen haqidagi filmlar prodyuseri 104 yoshida vafot etdi

Betmen haqidagi filmlar prodyuseri 104 yoshida vafot etdi
Betmen haqidagi deyarli barcha filmlar prodyuseri Benjamin Melniker 104 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Deadline”ga tayanib “Kun.uz” xabar berda.

Melniker “Betmen” (Batman), “Betmen: Ibtido” (Batman Begins), “Qora ritsar” (The Dark Knight), “Adolat ligasi” (Justice League) filmlarida ishlagan.

Bundan tashqari, u “Ayol-mushuk” (Catwoman) va “Konstantin: Zulmat hukmdori” (Constantine) kartinalariga prodyuserlik qilgan.

Melniker MGM studiyasiga 1939 yilda kelgan, u Hollivudning oltin asrlarida yashagan. Uni “MGM sheri” deb atashardi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.