Toshkent shahrida ikki bezori militsiya xodimini kaltakladi

Toshkent shahrida ikki bezori militsiya xodimini kaltakladi
Toshkent shahrida ikki bezori militsiya xodimini kaltakladi, bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabarida aytilgan.

“Toshkent shahrining Sergeli tumanida 5-mart kuni soat kech soat 23.15larda Sputnik dahasida yashovchi 1992 yilda tug‘ilgan I.Kazlinka va 1976 yilda tug‘ilgan S.Sheyklar Yo‘ldosh 2-daha xududida joylashgan ”Kim-chi“ kafesi oldida shu xududda xizmat olib borayotgan Sergeli tuman IIB profilaktika inspektori, katta leytenant X.Mirzaqulovning qonuniy talablariga bo‘ysunmay qarshilik ko‘rsatib, tan jarohati yetkazganlar”, — deyiladi xabarda.

Natijada katta leytenant X.Mirzaqulovga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Kazlinka va Sheyklar qo‘lga olingan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.