20 mart kuni Toshkentning markaziy ko‘chalarida harakat cheklanadi

20 mart kuni Toshkentning markaziy ko‘chalarida harakat cheklanadi
20 mart kuni poytaxtimizda Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan “Yoshlar marafoni” o‘tkaziladi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Shu munosabat bilan 20 mart kuni soat 9:00 dan 12:00ga qadar Nukus ko‘chasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, Sh.Rashidov, Mustaqillik ko‘chalari)dan “Paxtakor” markaziy stadionigacha bo‘lgan ko‘chalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Sh.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib ko‘chalari)da harakatlanish cheklanadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.