Shavkat Mirziyoyev tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi (foto)

Shavkat Mirziyoyev tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi (foto)
Prezident Oqdaryo tumanidagi “Mushtariy Oqdaryo” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan yili noyabrda ish boshlagan ushbu korxonada 20 xildagi trikotaj mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu yerda to‘rt yuzdan ortiq xotin-qizlar hamda kollej bitiruvchilari mehnat qilmoqda.

Eng muhimi, korxona mahsulotlarining bozori aniq. Rossiyaning “OODJI” kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan. Eksport geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan.

Prezident fabrikaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi, mahsulotlar sifatini ko‘zdan kechirdi, xodimlar bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi (foto)
Shavkat Mirziyoyev tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi (foto)
Shavkat Mirziyoyev tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi (foto)
Shavkat Mirziyoyev bunday zamonaviy korxonalar iqtisodiyotni barqaror qilish, aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutishini, shu kabi fabrikalarni har bir tumanda kamida ikkitadan tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerda yengil sanoat va gidro energetika sohalaridagi imkoniyatlar, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi (foto)
Shavkat Mirziyoyev tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi (foto)
Shavkat Mirziyoyev tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi (foto)
Shavkat Mirziyoyev tikuvchilik fabrikasida bo‘ldi (foto)
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.