Kubik Rubikni yig‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi (video)

Kubik Rubikni yig‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi (video)
Mazkur rekordni avstraliyalik 22 yoshli Feliks Zemdegs o‘rnatdi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

U kubik rubikni 4,22 soniyada yig‘di. 2016 yilda Feliks 4,73 soniyada kubik yig‘ib, dunyo rekordini o‘rnatgan edi. Biroq oradan ko‘p o‘tmay, amerikalik Patrik Pons 4,69 soniyada kubik yig‘ib, dunyo rekordini yangilagandi. Bu safar Feliks yana undan o‘zib ketdi. Ushbu videoni quyidagi HAVOLA orqali ko‘rishingiz mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.