O‘zbekistonda ilk bor «Tank biatloni» musobaqasi o‘tkazildi (foto, video)

O‘zbekistonda ilk bor «Tank biatloni» musobaqasi o‘tkazildi (foto, video)
24—26 iyun kunlari Toshkent harbiy okrugi «Chirchiq» umumqo‘shin dala o‘quv maydoni bazasida birinchi marotaba Mudofaa vazirligi miqyosida «Tank biatloni» musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

Mazkur musobaqada Toshkent, Janubi-G‘arbiy maxsus, Markaziy, Shimoli-G‘arbiy harbiy okruglari hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtidan jami 6 ta jamoa qatnashib, o‘zaro kuch sinashadi. Ikki bosqichda o‘tadigan bellashuvlarda T-72 va T-62 tank ekipajlari tomonidan harbiy-amaliy mashqlar namoyish qilinadi.
O‘zbekistonda ilk bor «Tank biatloni» musobaqasi o‘tkazildi (foto, video)
Foto: Mudofaa vazirligi
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 may kuni O‘zbekistondagi birinchi tank biatloni maydonining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.